Jinoyat-protsessual kodeksi

92-modda. Dalillarni qayd etishning to'g'riligini tasdiqlash

Tergov harakatlari ishtirokchilarining, shuningdek sud muhokamasidagi taraflarning bu harakatlar jarayoni va natijalari aks ettirilgan bayonnoma bilan tanishish, xuddi shuningdek bayonnomaga qo'shimcha va tuzatishlar kiritish huquqlari ta'minlanishi kerak. Surishtiruvchi yoki tergovchi tergov harakatlari tamom bo'lishi bilanoq bu harakat ishtirokchilariga bayonnomani o'qib chiqishga imkon beradi yoxud iltimoslariga ko'ra ularga o'qib beradi. Shunday tartibda raislik qiluvchi yoki uning topshirig'iga binoan sud majlisi kotibi sud zalidan tashqarida bajarilgan sud harakati ishtirokchilarini, shuningdek taraflarni sud majlisi bayonnomasidagi ushbu sud harakatiga taalluqli yozuvlar bilan tanishtiradi. Og'zaki bildirilgan qo'shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e'tirozlar, iltimoslar va shikoyatlar bayonnomaga kiritiladi, yozma ravishda ifoda etilganlari esa bayonnomaga ilova qilinadi. O'chirishlar yoki kiritilgan qo'shimcha so'zlar yoxud boshqa tuzatishlar xususida bayonnoma oxiridagi imzolar oldidan izohot beriladi. Tergov harakati bayonnomasi bilan tanishtirilgan shaxslar bayonnomaning har bir sahifasi ostiga va uning oxiriga imzo chekadilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.