Surishtiruvchi yoki tergovchi protsess ishtirokchilaridan birontasining yoki boshqa shaxslarning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tergov harakatlari bayonnomasiga imzo chekishdan bosh tortganligi to'g'risida bayonnomaga yozib qo'yib, uni o'z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Yuqorida nazarda tutilgan hollarda sud majlisi bayonnomasining sud harakatlari to'g'risidagi yozuvlarini imzolashdan bosh tortilganligi haqida shu bayonnomaga yoziladi hamda uni raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o'z imzosi bilan tasdiqlaydilar.
Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortgan shaxs bosh tortish sababini tushuntirishga haqli. Bu tushuntirish bayonnomaga kiritilishi lozim.
Tergov yoki sud harakati ishtirokchisi o'zining jismoniy nuqsoni tufayli bayonnomani o'qib, imzolay olmasa, bayonnomani uning roziligi bilan himoyachi, vakil yoki mazkur shaxs ishonadigan boshqa fuqaro o'qib beradi va imzo chekadi. Bu haqda bayonnomaga yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
93-modda. Bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortish yoki imzo cheka olmaslik hollarini tasdiqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.