Jinoyat-protsessual kodeksi

91⁴-modda. Videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

(91¹ — 91⁴-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 23 майдаги ЎРҚ-542-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.05.2019 й., 03/19/542/3177-сон)

Videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron ma'lumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi. Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferentsaloqa materiallari bayonnomaga qo'shib qo'yiladi. Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari ko'rsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi. Videokonferentsaloqa yozuvining vaqti o'tkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferentsaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak. Videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.