Jinoyat-protsessual kodeksi

91¹-modda. Tergov harakatlarini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish

Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so'roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilishi mumkin. Videokonferentsaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi. Tergov harakatlarini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish to'g'risidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan o'z tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko'ra qabul qilinadi. Tergov harakatlarini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur: tasvir sifati bo'yicha — o'lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr; ovoz sifati bo'yicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gts; axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.