Muayyan tergov harakatini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazishni tashkil etishni so'rab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.
Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirig'ini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini ta'minlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida bo'lishi kerak.
Tergov harakatini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Videokonferentsaloqa rejimida so'roq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96 — 108, 112 — 131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferentsaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati ta'minlanishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
91³-modda. Tergov harakatlarini videokonferentsaloqa rejimida o'tkazish shartlari va tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.