Criminal Procedure Code

606-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxsni ozod qilish

Ushlab berishni ta'minlash uchun ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs prokurorning qarori asosida darhol ozod qilinishi kerak, agar: ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaxsni qamoqqa olish to'g'risidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan e'tiboran uch sutka ichida kelib tushmagan bo'lsa; xorijiy davlat vakolatli organining uni ozod qilish zarurligi to'g'risidagi xabarnomasi kelib tushgan bo'lsa; qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi so'rov va unga ilova qilinadigan hujjatlar xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qirq sutka ichida taqdim etilmagan bo'lsa; xorijiy davlatning vakolatli organidan qamoqqa olingan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi so'rovga qo'shimcha ravishda so'ralgan ma'lumotlar bir oy ichida, xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi kelib tushgan taqdirda esa ikki oy ichida kelib tushmagan bo'lsa; unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish sud tomonidan rad etilgan bo'lsa; uni ushlab berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa; uni ushlab berish to'g'risidagi qaror sud tomonidan bekor qilingan bo'lsa; o'ziga nisbatan ushlab berish to'g'risida qaror qabul qilingan shaxs uni topshirish uchun belgilangan kundan e'tiboran o'n besh sutka ichida xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qilib olinmagan bo'lsa, agar bunday topshirish sanasi ko'chirilmagan bo'lsa. Prokuror qabul qilingan qaror haqida qamoqqa olish to'g'risida ajrim chiqargan sudni yozma ravishda xabardor qiladi. Shaxsni ushlab berish maqsadida takroran ushlab turish va qamoqqa olishga O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risida yangi so'rov olinganidan keyin yo'l qo'yiladi, ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs prokurorning buyrug'i bilan darhol ozod qilinadi. Bunda muddatlar o'tib ketgan, xorijiy davlat so'rovini rad etgan yoki sud qaror bekor qilgan bo'lsa, shaxs erkin qilinishi kerak. Agar xorijiy davlat uni qabul qilmasa, u ozod qilinadi. **Kimga tegishli** Bu qoida O'zbekiston hududida ushlab turilgan har qanday shaxsga, shuningdek xorijiy fuqarolarga tegishli. **Amalda** Xorijiy davlatdan so'rov kelib tushgandan keyin prokuror 40 kunni kutadi. Agar hujjatlar kelmasa, shaxs darhol ozod qilinadi. Yoki sud qamoqqa olishni rad etsa, prokuror shaxsni erkin qiladi va sudni xabardor qiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.