O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaxsni topshirish joyi, sanasi va vaqti haqida xorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur shaxs topshirish uchun belgilangan kundan e'tiboran o'n besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u qamoqdan ozod qilinadi.
Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim bo'lgan shaxsni o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin bo'lmay qolgan va bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi ko'chirilishi mumkin. Agar O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim bo'lgan shaxsni o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin bo'lmay qolsa, topshirish sanasi o'sha tartibda ko'chirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
607-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan ushlab beriladigan shaxsni topshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.