O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risida xorijiy davlatning vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan so'rov olinganda va mazkur shaxsni ushlab berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda, ushbu shaxs ushlab turilishi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilishi mumkin.
Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaxs O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi so'rov olinguniga qadar ham ushlab turilishi mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish to'g'risidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga havola va mazkur so'rov qo'shimcha ravishda taqdim etilishi ko'rsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa olish to'g'risidagi iltimosnoma ushbu so'rov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin.
Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab bo'ladigan jinoyat sodir etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin.
Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining xodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni o'rganib chiqadi va ushlab turilgan shaxsning qidiruv e'lon qilingan shaxs ekanligi to'g'risida yetarli asoslar mavjud bo'lgan, shuningdek ushbu Kodeksning 603-moddasida bayon qilingan asoslar mavjud bo'lmagan taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi.
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan ko'rib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 241 va 243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi to'g'risida prokuror O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish to'g'risida so'rov yuborgan yoxud yuborishi mumkin bo'lgan xorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda xabardor qiladi.
O'ziga nisbatan ushlab berish to'g'risidagi masala ko'rilayotgan shaxsni qamoqda saqlab turish muddati ko'pi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning topshirilishini ta'minlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi so'rov yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismida va 247-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
605-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish uchun ushlab turish va qamoqqa olish
(605-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.