Chet el fuqarosi O'zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni O'zbekiston Respublikasi hududida uning ishtirokida bajarishning imkoni bo'lmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining barcha materiallari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni xorijiy davlatning vakolatli organiga tergov qilish uchun yuborish to'g'risidagi masalani hal qiladi.
Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi ariza, shuningdek dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
597-modda. Jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.