Xorijiy davlat vakolatli organining xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risidagi so'rovi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Bunday hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi bo'yicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning ko'chirma nusxasini O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlatning so'rovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga ko'ra jinoyat ishi bo'yicha uzil-kesil qarorning ko'chirma nusxasi ham yuborilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risidagi so'rovni O'zbekiston Respublikasi hududida ijro etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.