O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari O'zbekiston Respublikasi hududida protsessual harakatlarni bajarish uchun jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarni chaqirish to'g'risidagi so'rov ushbu Kodeksning 592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaxslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qo'llash tahdidi bo'lmasligi kerak.
Chaqiruv bo'yicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o'tguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida O'zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv bo'yicha kelgan shaxs uning hozir bo'lishi chaqirtirgan mansabdor shaxsga boshqa kerak bo'lmay qolgan paytdan e'tiboran o'n besh sutkalik uzluksiz muddat o'tguniga qadar O'zbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega bo'la turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki jo'nab ketganidan keyin O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi.
Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarni chaqirish to'g'risidagi so'rovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha o'tkazilgan bo'lsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs O'zbekiston Respublikasi hududida bo'ladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos bo'ladi. Mazkur shaxs so'rovga berilgan javobda ko'rsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak.
Shaxsni o'tkazish yoki o'tkazishni rad etish tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki o'zarolik printsipi asosida belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
596-modda. O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni, fuqaroviy da'vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini chaqirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.