Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar ko'p bo'lmagan miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar ozginadan ko'proq miqdorda sodir etilgan bo'lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 274 — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash joylarida;
g) ta'lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o'quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida yoxud talabalar (o'quvchilar) tomonidan o'quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o'tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda;
d) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;
ye) telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, —
yetti yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab sodir etilgan bo'lsa, —
o'n yildan o'n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmishlar:
a) ko'p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko'zlab ikki yoxud undan ortiq davlat hududida yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanib sodir etilgan bo'lsa, —
o'n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaxs o'z ixtiyori bilan aybini bo'yniga olish to'g'risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
273-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o'tkazish
(273-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.