Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ'ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog'ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar ta'lim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (o'quvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida yoki talabalar (o'quvchilar) tomonidan o'quv, sport yoki jamoat tadbirlarini o'tkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud shaxsning aql-idrokiga ta'sir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda iste'mol qilishga jalb etish, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 273, 275 — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
v) ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tash joylarida;
g) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan sodir etilgan bo'lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar odam o'limiga yoki boshqa og'ir oqibatlarga sabab bo'lsa, —
besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
274-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ'ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday vosita yoki moddalarni iste'mol qilishga jalb etish
(274-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.