Jinoyat kodeksi

271-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash

(271-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda, o'g'rilik yoki firibgarlik yo'li bilan egallash — uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 273 — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) o'zlashtirish yoki rastrata qilish yo'li bilan; g) talonchilik yo'li bilan; d) mansab mavqeini suiiste'mol qilib; ye) tovlamachilik yo'li bilan; j) ko'p miqdorda sodir etilgan bo'lsa, — besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakat: a) o'ta xavfli retsidivist tomonidan; b) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko'zlab; v) bosqinchilik yo'li bilan sodir etilgan bo'lsa, — o'n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.