Jinoyat kodeksi

149¹-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish

Asarlardan yoki turdosh huquqlar ob'yektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar ob'yektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning e'tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar ob'yektlarining nusxalarida ularni tayyorlovchilar haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to'g'risida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg'on axborotni ko'rsatish ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O'sha harakatlar: a) takroran; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) xizmat mavqeidan foydalangan holda; g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog'idan foydalanib; d) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning o'rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning o'rnini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.