Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini o'z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo'llash, import qilish, sotishga taklif qilish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo'sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo'llash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, muhofaza qilinadigan integral mikrosxema topologiyasini, shu topologiyali integral mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemani o'z ichiga olgan buyumni ruxsatsiz qo'llash, O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotuvga qo'yish, sotish, takrorlash va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish, patentlangan selektsiya yutug'ini ruxsatsiz yetishtirish va takror yetishtirish (ko'paytirish), nav yoki nasllilik konditsiyalariga yetkazish, selektsiya yutug'idan ruxsatsiz foydalangan holda yaratilgan mahsulotni sotishga taklif etish, sotish, O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, O'zbekiston Respublikasidan olib chiqish va boshqacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki saqlash ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
O'sha harakatlar:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) xizmat mavqeidan foydalangan holda;
g) juda ko'p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo'lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to'rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u yetkazilgan moddiy zararning o'rnini jinoyat aniqlangan kundan e'tiboran o'ttiz kunlik muddatda qoplagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
149³-modda. Ixtiroga, foydali modelga, sanoat namunasiga, integral mikrosxema topologiyasiga va selektsiya yutug'iga bo'lgan huquqlarni buzish
(149¹, 149² ва 149³-моддалар Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 8 августдаги ЎРҚ-1080-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2025 й., 03/25/1080/0710-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 10 ноябрь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.