Jinoyatlar o'z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko'ra: ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan; uncha og'ir bo'lmagan; og'ir; o'ta og'ir jinoyatlarga bo'linadi.
Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og'ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o'n yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O'ta og'ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
15-modda. Jinoyatlarni tasniflash
(15-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 июлдаги ЎРҚ-99-сонли Қонуни таҳририда — Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси, 2007 й., 6-сон, 248-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.