Criminal Executive Code

56-modda. Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish tartibi

Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga qabul qilish muassasa ma'muriyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. Muassasaga yetib kelgan mahkumlar ularning shaxsini o'rganish va sharoitga moslashib olishlari uchun o'n besh sutkagacha muddatga, odatda, qabul bo'limiga joylashtiriladi, manzil-koloniyaga kelgan hamda xo'jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonalari va turmalarda qoldirilgan shaxslar bundan mustasno. Muassasaga yetib kelganlaridan so'ng mahkumlarga jazoni o'tash tartibi va shartlari to'g'risida kerakli axborot beriladi, shuningdek ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.