Criminal Executive Code

57-modda. Jazoni bitta muassasada o'tash

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada o'taydi. Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o'tashni davom ettirish uchun o'tkazishga uning xavfsizligini ta'minlash maqsadida uning roziligini olgan holda, shuningdek mahkumning mazkur muassasada qolishiga to'sqinlik qiluvchi boshqa hollarda yo'l qo'yiladi. Mahkum kasal bo'lib qolgan taqdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasiga o'tkazishga tibbiy xulosa asosida yo'l qo'yiladi. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.