Criminal Executive Code

55-modda. Mahkumlar jazoni o'tash uchun jo'natilganligi va yetib kelganligi to'g'risida xabar

(55-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)

Tergov hibsxonasining ma'muriyati mahkum jazoni o'tash uchun jo'nab ketganligi to'g'risida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart. Jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini ko'rsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yo'qlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.