Jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunchilikni buzish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy, ma'muriy, moddiy yoki o'zga javobgarlikka sabab bo'ladi.
Jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik uchun bu ishda aybdor bo'lgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar bo'ladilar.
Jamoat birlashmasi, shu jumladan o'z ustavini ro'yxatdan o'tkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari to'g'risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar bo'ladi.
Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qo'yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
21-modda. Javobgarlik asoslari
(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.