«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun

22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish

(22-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining to'rtinchi qismida ko'zda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi to'rtinchi qismida ko'zda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin. Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin. Xalqaro jamoat birlashmalari, uning bo'linmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari O'zbekiston Respublikasi prokurorining, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish to'g'risida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi. Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.