Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag' bilan ta'minlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag' miqdorini va soliqlar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq soliq to'lanishini nazorat qilib boradilar.
Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar.
Jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olgan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Ro'yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o'tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o'z vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bog'liq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a'zolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish
(20-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.