«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

38-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka sud tartibida qaratish

(38-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)

Ipotekaga oluvchining talablari bo'yicha undiruv ipoteka to'g'risidagi shartnomaga ko'ra garovga qo'yilgan mol-mulkka sudning qarori asosida qaratiladi, ushbu Qonunga muvofiq bunday talablar sudga murojaat qilmasdan qanoatlantirilishiga yo'l qo'yiladigan hollar bundan mustasno. Agar ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo'lsa va shu tufayli ipotekaga oluvchi talablarining miqdori garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatiga aniq mos kelmasa, undiruvni ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish rad etilishi mumkin, bundan ushbu Qonun 36-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno. Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning o'zida mavjud bo'lgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi: 1) agar ipoteka bilan ta'minlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi ipoteka qiymatining o'n besh foizidan kamroqni tashkil qilsa; 2) agar ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha davriy to'lovlarni to'lash muddatlarining buzilishi ketma-ket uch oydan oshmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.