Sudning undiruvni ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish haqidagi qarorida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
garovga qo'yilgan mol-mulk qiymatidan ipotekaga oluvchiga to'lanishi lozim bo'lgan summalar, mol-mulkni qo'riqlash va realizatsiya qilishning uni realizatsiya qilish tugallanganidan keyin aniqlanadigan xarajatlari summasi bundan mustasno. Foizlarda hisoblab chiqariladigan summalar uchun foizlar qo'shiladigan summa, foizlar miqdori va ular qo'shilishi lozim bo'lgan davr;
qiymatidan ipotekaga oluvchining talablari qanoatlantiriladigan ipoteka narsasi bo'lgan mol-mulk;
undiruv qaratiladigan garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilish usuli;
garovga qo'yilgan mol-mulkning realizatsiya qilishdagi boshlang'ich sotuv narxi. Garovga qo'yilgan mol-mulkning kimoshdi savdosidagi boshlang'ich sotuv narxi ipotekaga qo'yuvchi va ipotekaga oluvchi o'rtasidagi kelishuv asosida, ular o'rtasida nizo bo'lgan taqdirda esa, sud tomonidan belgilanadi;
agar zarur bo'lsa, mol-mulk realizatsiya qilinguniga qadar uning asralishini ta'minlash choralari.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
39-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda sud tomonidan hal qilinadigan masalalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.