Ipotekaga oluvchi undiruvni ipoteka narsasiga qaratish uchun asoslar vujudga kelganidan keyin o'z talablarini sud tartibida, shuningdek suddan tashqari tartibda, agar bu ipoteka to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, yoxud ipotekaga qo'yuvchining ipotekaga oluvchi bilan tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvi asosida qanoatlantirishga haqli.
Qarz to'lanmagan taqdirda, ipotekaga oluvchining qarzdor tomonidan asosiy majburiyatning bajarilishiga doir talabi suddan tashqari tartibga solish tugallanganidan keyin, qarzdor majburiyatining qoplanmagan qismini qarzdorning boshqa mol-mulki hisobidan qoplashga bo'lgan huquq ipoteka oluvchida saqlanib qoladi.
Ipotekaga oluvchining talablarini qanoatlantirishga quyidagi hollarda faqat sud tartibida yo'l qo'yiladi, agar:
mol-mulk ipotekasi uchun boshqa shaxs yoki organning roziligi yoxud ruxsati talab qilinsa, bundan mazkur mol-mulkni garovga berish chog'ida zarur bo'lgan rozilik yoki ruxsat olingan hollar mustasno;
ipoteka narsasi tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o'zga madaniy qimmatga ega mol-mulk bo'lsa;
ipotekaga qo'yuvchi yo'qolgan bo'lsa va uning turgan joyini aniqlash mumkin bo'lmasa.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
37-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish usullari
(37-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.