Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, xususan, qarz summasi to'lanmaganligi yoxud o'z vaqtida, to'liq yoki qisman to'lanmaganligi natijasida vujudga kelgan, ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan talablarni ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha garovga qo'yilgan mol-mulk hisobidan qanoatlantirish uchun undiruvni, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shu mol-mulkka qaratishga haqli.
Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, davriy to'lovlar bilan bajariladigan majburiyatni ta'minlash uchun undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga, ushbu to'lovlarni to'lash muddatlari ketma-ket uch oydan ortiq muddatga buzilgan taqdirda, yo'l qo'yiladi.
Ushbu Qonunning 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga, bu talab bajarilmagan taqdirda esa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga haqli.
Agar ipotekaga qo'yuvchi o'z majburiyatlarini bajarilgan deb hisoblasa hamda o'z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so'rab sudga murojaat etgan bo'lsa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
36-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish asoslari
(36-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 22 апрелдаги ЎРҚ-1060-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.04.2025 й., 03/25/1060/0373-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.