«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun

45-modda. Chet el investitsiyalari bo'yicha davlatning majburiyatlari

(45-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat faqat chet ellik investorlar bilan tuzilgan, vakolatlari qonunchiligida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar tomonidan imzolangan tegishli shartnomalarda o'z zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidangina javobgar bo'ladi. Davlat chet el investitsiyalarini jalb etuvchi O'zbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi, bundan ushbu majburiyatlar davlat tomonidan kafolatlangan hollar mustasno. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.