Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalariga adolatli va teng huquqli rejim taqdim etiladi, ularni to'liq va doimiy ravishda himoya qilish hamda ularning xavfsizligi ta'minlanadi. Bunday rejim O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan rejimga nisbatan noqulayroq bo'lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari uchun huquqiy rejim O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning tegishli rejimiga nisbatan noqulayroq bo'lishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsiplari va normalariga muvofiq iqtisodiyotning hamda aholi sog'lig'ini, hayvonot va o'simlik dunyosini, atrof-muhitni muhofaza qilishning, shuningdek O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga doir manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashning belgilangan sohalariga chet el investitsiyalarini kiritish uchun cheklovlarni yoki taqiqni o'z ichiga olishi mumkin.
Chet ellik investorlarning O'zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan, buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
46-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar va ularning investitsiyalari uchun huquqiy rejim
(46-модданинг учинчи ва тўртинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.