Vakil o'ziga berilgan topshiriqni topshiriq beruvchining ko'rsatmalariga muvofiq bajarishi shart. Topshiriq beruvchining ko'rsatmalari aniq, yo'l qo'yiladigan va bajariladigan bo'lmog'i kerak.
Agar ishning holatlariga ko'ra topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning ko'rsatmalaridan chetga chiqish zarur bo'lsa hamda vakil topshiriq beruvchidan bu haqda oldindan so'ray olmagan yoxud o'z so'roviga oqilona muddatda javob olmagan bo'lsa, u topshiriq beruvchining ko'rsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil xabar berish imkoni tug'ilishi bilanoq yo'l qo'yilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga xabar berishi shart.
Topshiriq beruvchi tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vakilga topshiriq beruvchining manfaatlarini ko'zlab oldindan so'rov yubormagan holda topshiriq beruvchining ko'rsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Bunday hollarda tijorat vakili, agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yo'l qo'yilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga oqilona muddatda xabar berishi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
819-modda. Topshiriqni topshiriq beruvchining ko'rsatmalariga muvofiq bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.