Fuqarolik kodeksi

818-modda. Topshiriq shartnomasi bo'yicha haq to'lash

(818-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar qonunchilikda yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq to'lashi shart. Agar topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, ishonchli vakilga haq to'lashi shart. Haq to'lash nazarda tutilgan topshiriq shartnomasida to'lanadigan haqning miqdori va uni to'lash haqidagi shartlar bo'lmasa, haq ushbu Kodeks 356-moddasining to'rtinchi qismiga muvofiq shunga o'xshash xizmatlar uchun odatda qabul qilingan narxlar bo'yicha belgilanadi va topshiriq bajarilganidan keyin to'lanadi. Vakil talab qilingan hamma harakatlarni tegishli darajada amalga oshirgan, biroq topshiriq u aybdor bo'lmagan holda bajarilmay qolgan taqdirda ham haq to'lanishi kerak. Tijorat vakili sifatida ish olib boruvchi ishonchli vakil ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq, topshiriq beruvchiga topshirilishi kerak bo'lgan o'z qo'lidagi ashyolarni topshiriq shartnomasi bo'yicha o'z talablarini ta'minlash uchun ushlab turishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.