Fuqarolik huquqlarining ob'yektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo'lishi cheklab qo'yilmagan bo'lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o'tishi mumkin.
Muomalada bo'lishiga yo'l qo'yilmaydigan fuqarolik huquqlari ob'yektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan ob'yektlar) qonunda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo'la oladigan yoki muomalada bo'lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo'l qo'yiladigan fuqarolik huquqlari ob'yektlarining (muomalada bo'lishi cheklangan ob'yektlarning) turlari qonunda ko'rsatilgan tartibda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
82-modda. Fuqarolik huquqlari ob'yektlarining muomalada bo'lishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.