Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonunchilikda boshqa hol belgilab qo'yilgan bo'lmasa, kredit berish, shu jumladan bo'nak, oldindan haq to'lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq to'lashni kechiktirish va bo'lib-bo'lib to'lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.
Tegishli majburiyat bayon qilingan shartnoma to'g'risidagi qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa va u mazkur majburiyatning mohiyatiga zid kelmasa, tijorat kreditiga nisbatan tegishli suratda ushbu bobning qoidalari qo'llanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
748-modda. Tijorat krediti
(748-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.