Fuqarolik kodeksi

749-modda. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to'g'risidagi umumiy qoidalar

(749-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1058-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2025 й., 03/25/1058/0355-сон)

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi bo'yicha bir taraf (moliya agenti) ikkinchi tarafga (mijozga) shu mijozning (kreditorning) uchinchi shaxsga — yuridik shaxsga yoki tadbirkorlik sub'yektiga (qarzdorga) pul talabnomasi hisobidan pul mablag'larini beradi yoki berish majburiyatini oladi, mijoz esa moliya agentiga ushbu pul talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq voz kechiladigan pul talabnomasi: tovarlarni berishdan, shu jumladan ijaraga berishdan; ishlarni bajarishdan yoki xizmatlar ko'rsatishdan; intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan mulkiy huquqlarni o'tkazishdan kelib chiqishi mumkin. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi ushbu Kodeks 751-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq pul talabnomasini tavsiflab bergan holda yozma ravishda tuziladi. Mijoz o'zining moliya agenti oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta'minlash maqsadida ham qarzdorga nisbatan pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechishi mumkin. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo'yicha moliya agentining majburiyatlari mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishni, shuningdek mijozga boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi bo'lgan pul talabnomalari bilan bog'liq boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatishni ham o'z ichiga olishi mumkin. Majburiyatni bajarish ta'minoti sifatida moliya agenti foydasiga voz kechilgan pul talabnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning garovga tegishli qoidalari qo'llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 269, 273 — 278, 288 va 289-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeksning majburiyatdagi shaxslarning o'zgarishi to'g'risidagi qoidalari qo'llaniladi, bundan ushbu Kodeksning 319 va 321-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.