Fuqarolik kodeksi

747-modda. Ashyolarni kreditga berish shartnomasi

Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin. Ashyolarni kreditga berish to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, to'liqligi, sifati, idishi va (yoki) o'ralishi haqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi to'g'risidagi qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.