Fuqarolik kodeksi

688-modda. Buyurtmachining majburiyatlari

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha quyidagilarni bajarishi: barcha ishlar bajarib bo'linganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga to'lashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini to'lashi; pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi ma'lumotlarni oshkor qilmasligi; loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat ko'rsatishi; tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi; pudratchiga bog'liq bo'lmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlang'ich ma'lumotlar o'zgarishi bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni pudratchiga to'lashi; tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qo'zg'atilgan da'vo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.