Fuqarolik kodeksi

687-modda. Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlang'ich ma'lumotlar

Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi bo'yicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur bo'lgan boshqa boshlang'ich ma'lumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirig'i bo'yicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy bo'lib qoladi. Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlang'ich ma'lumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.