Fuqarolik kodeksi

689-modda. Pudratchining majburiyatlari

Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi: ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlang'ich ma'lumotlarga muvofiq bajarishi; tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan kelishib olishi; tayyor bo'lgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi; buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.