Oshkor etilmagan axborotga ega bo'lgan shaxs bu axborot mazmunini tashkil etuvchi ma'lumotlarning hammasini yoki bir qismini litsenziya shartnomasi asosida boshqa shaxsga berishi mumkin.
Litsenziat shartnoma bo'yicha olgan axborotlarning maxfiyligini muhofaza qilishga doir kerakli choralarni ko'rishi shart va uni uchinchi shaxslarning noqonuniy foydalanishidan muhofaza qilishda litsenziarniki singari huquqlarga ega. Shartnomada o'zgacha hol nazarda tutilgan bo'lmasa, axborotlarning maxfiyligini saqlash majburiyati, basharti tegishli ma'lumotlar oshkor etilmagan axborot tariqasida qolaversa, litsenziya shartnomasi bekor bo'lganidan keyin ham litsenziatning zimmasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1097-modda. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqining boshqa shaxsga o'tishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.