Fuqarolik kodeksi

1098-modda. Firma nomiga bo'lgan huquq

(1098-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикаси 2006 йил 18 сентябрдаги ЎРҚ-52-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2006 й., 37-38-сон, 371-модда)

Yuridik shaxs tovarlarda, ularning idishi va o'rovida, reklamada, peshlavhalarda, bosma ma'lumotnomalarda, hisobvaraqlarda, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda va o'zining faoliyati bilan bog'liq boshqa hujjatlarda, shuningdek mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasi hududida o'tkazilayotgan ko'rgazma va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida firma nomidan foydalanishda alohida huquqqa ega. Yuridik shaxsning firma nomi uning ta'sis hujjatlarida ko'rsatiladi. Firma nomiga bo'lgan huquq yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan e'tiboran yuzaga keladi. Yuridik shaxsning firma nomi tegishli yuridik shaxslarni aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo'lgan darajada avval ro'yxatdan o'tkazilgan nomga o'xshab ketadigan bo'lsa, u ro'yxatga olinishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.