Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asosi bo'lmay turib olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga qonunan ega bo'lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararni to'lashi shart.
Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxs bu axborotni uni tarqatishga huquqi bo'lmagan shaxsdan olgan bo'lsa, axborotni qo'lga kirituvchi shaxs bundan bexabar bo'lsa va buni bilmasligi kerak bo'lsa (axborotni insofli egallovchi), oshkor etilmagan axborotning qonuniy egasi axborotni insofli egallovchi axborotdan foydalanayotganligi noqonuniy ekanligini bilib qolganidan so'ng oshkor etilmagan axborotdan foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashni undan talab qilishga haqlidir.
Oshkor etilmagan axborotga qonunan ega bo'lib turgan shaxs bu axborotdan noqonuniy foydalanayotgan shaxsdan axborotdan foydalanishni darhol to'xtatishni talab qilishga haqlidir. Biroq sud oshkor etilmagan axborotni insofli egallovchi undan foydalanganda sarflagan mablag'larini inobatga olib, bu axborotdan haq to'lab olinadigan alohida litsenziya asosida bundan buyon ham foydalanishiga ruxsat etishi mumkin.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma'lumotlarni mustaqil tarzda va qonunan olgan shaxs bu ma'lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat'i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1096-modda. Oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.