Fuqarolik kodeksi

1095-modda. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi

Uchinchi shaxslarga ma'lum bo'lmagan texnikaviy, tashkiliy yoki tijorat axborotiga, shu jumladan ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) qonunan ega bo'lib turgan shaxs uni (oshkor etilmagan axborotni), basharti ushbu Kodeksning 98-moddasida belgilab qo'yilgan shartlarga rioya etilgan bo'lsa, noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqiga ega. Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni ro'yxatdan o'tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat'i nazar vujudga keladi. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidasi qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo'la olmaydigan ma'lumotlarga (yuridik shaxslar to'g'risidagi, mol-mulkka bo'lgan huquqlar va mol-mulk xususida tuzilib, davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan kelishuvlar to'g'risidagi ma'lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etiladigan ma'lumotlar va hokazolarga) nisbatan tatbiq etilmaydi. Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish huquqi ushbu Kodeksning 98-moddasida nazarda tutilgan shartlar saqlanib turgan paytga qadar amal qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.