Budget Code

72-modda. Tumanlar va shaharlar byudjetlarining xarajatlari

(72-модда 1-бандининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: tumanlar (shaharlar) maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini, umumiy o'rta ta'lim, qo'shimcha ta'lim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish hamda qonunchilikda tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari; tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limlarini saqlab turish xarajatlari; qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog'lig'ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; tumanlar (shaharlar) madaniyat bo'limlari tasarrufidagi madaniyat muassasalarini, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni, bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; uyda ijtimoiy yordam ko'rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob'yektlarida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari; tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam to'lash xarajatlari; 2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: tumanlar va shaharlar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limlarini, laboratoriyalarni saqlab turish; suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirish; shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi ko'chalarni, shuningdek xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini ta'mirlash; uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'yektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish; aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari; 3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo'limlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlari mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo'linmalarini saqlab turish xarajatlari; 4) fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 5) tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalarini shakllantirish xarajatlari; 5¹) jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari; 6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonunchilikda tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.