O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari moliya yili mobaynida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo'shimcha, ko'zda tutilmagan xarajatlar o'z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta'minlash uchun tashkil etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari mablag'lari tegishincha O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga, Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga, tumanlar va shaharlarning byudjetlariga tushadigan daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining zaxira jamg'armalarining miqdori Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda belgilanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari miqdori Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari mablag'larining taqsimlovchilari tegishincha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlaridir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi iqtisodiyot va moliya organlari bilan dastlab kelishilgan takliflar tashabbuskorlar tomonidan tegishincha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga belgilangan tartibda kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalari mablag'lari tegishincha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari asosida, ushbu qarorlarda ko'rsatilgan aniq maqsadlarga va miqdorlarda sarflanadi.
Agar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalaridan qo'shimcha mablag'lar ajratilishi taklif etilayotgan maqsadlar uchun Davlat byudjetida ham mablag'lar nazarda tutilgan bo'lsa, u holda tegishli zaxira jamg'armalarining mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi takliflar faqat ilgari tegishli byudjetda nazarda tutilgan mablag'lar sarflab bo'linganidan keyingina kiritiladi.
Agar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalaridan mablag'lar ajratilgan tadbirlar muayyan muddatga ega bo'lsa, u holda foydalanilmay qolgan mablag'lar tadbirlarni o'tkazish muddati tugaganidan keyin o'n ish kuni ichida tegishli zaxira jamg'armasiga tiklanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armasidan ajratilib, moliya yili davomida foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratilgan mablag'lar moliya yili tugagach tegishli byudjetga tiklanadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armasidan mablag'lar oluvchilar O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga tegishli zaxira jamg'armasidan ajratilgan mablag'lardan foydalanilishi to'g'risida har chorakda hisobot taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn73-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetining zaxira jamg'armalari
(73-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.