Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
umumiy o'rta ta'lim, qo'shimcha ta'lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta'lim muassasalari va tashkilotlarini saqlab turish xarajatlari;
bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonunchilikda Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta'lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko'p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug'ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo'yish markazlarini hamda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti filialini, hududiy sog'liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalarini hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonunchilikda Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to'lash xarajatlari;
tuman tibbiyot birlashmalarini, tuman markaziy poliklinikalarini va yotoq joysiz dispanserlarni, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarini, oilaviy poliklinikalarni hamda qishloq vrachlik punktlarini, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo'limlarini saqlab turish xarajatlari;
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog'lig'ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
hududiy madaniyat, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uylari, pansionatlari va sanatoriylarini, nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
shahar yo'lovchilar transporti tashuvchilarining yo'lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo'yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq zararlarning o'rnini qoplash xarajatlari;
tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam.
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
qishloq xo'jaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to'lash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xo'jaligi tashkilotlarini saqlab turish;
uy-joy-kommunal xo'jaligi ob'yektlarida ta'mirlash ishlarini olib borish;
suv yo'llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
aholi punktlarini obodonlashtirish;
issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchilarning aholiga ko'rsatilgan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun pasaytirilgan tariflarni qo'llash natijasida yuzaga keladigan zararlarining o'rnini qoplash xarajatlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan o'rmon xo'jaligini, o'simliklar karantinini saqlab turish xarajatlari;
3) Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo'lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesini;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo'limlarini hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo'linmalarini saqlab turish xarajatlari;
O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasining hududiy organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg'armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo'yilishi munosabati bilan, shuningdek davlat organlarining yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash xarajatlari;
6¹) harbiy-ma'muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari.
6²) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash xarajatlari;
7) Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
8) advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik yordam uchun haq to'lash xarajatlari;
9) ko'p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta'mirlash hamda O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta'minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlarini va qozonxona uskunalarini mukammal ta'mirlash xarajatlari;
10) davlat qarzi bo'yicha foiz xarajatlari va davlat kafolatini bajarish bilan bog'liq boshqa xarajatlar.
lex.uz’dagi asl matn71-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining xarajatlari
(71-модда биринчи қисми 1-бандининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.