Undiruvni Davlat byudjeti mablag'lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli byudjet mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ijro hujjatlari bo'yicha tegishli byudjetdan mablag'lar olish uchun ijro hujjatida kimning foydasiga byudjet mablag'lari o'tkazilishi nazarda tutilgan bo'lsa, o'sha shaxslar yoxud ularning vakillari (bundan buyon matnda undiruvchilar deb yuritiladi) tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga ijro hujjatining asl nusxasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. Arizada byudjet mablag'lari o'tkazilishi talab qilinayotgan undiruvchining bank hisobvarag'i ko'rsatilgan bo'lishi lozim.
Ijro varaqasi yoki sud buyrug'i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
Iqtisodiyot va moliya organi ijro hujjati kelib tushgan kundan e'tiboran belgilangan tartibda uning ijro etilishini ta'minlaydi.
Undiruvni davlat maqsadli jamg'armalari mablag'lariga qaratishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn128-modda. Ijro hujjatlari bo'yicha undiruvni Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari mablag'lariga qaratish
(128-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.