Budget Code

127-modda. Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini boshqarish

(127-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Joriy moliya yili uchun mo'ljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining taqdimnomasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirish to'g'risida takliflar kiritadi. Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirishda xarajatlarning ustuvorligi va ijtimoiy yo'naltirilganligi byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning qabul qilingan yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari hisobga olingan holda baholanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari o'z byudjetlarining balansliligi buzilishiga va Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori oshishiga olib keladigan tegishli byudjet daromadlarini qisqartirishga yoki xarajatlarini ko'paytirishga qaratilgan biror-bir qaror qabul qilishga haqli emas. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlarining tegishli byudjet daromadlari qisqarishiga olib keladigan qarorlari tegishli byudjet xarajatlari qisqartirilgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin. Agar Davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli byudjetlarning daromadlari va xarajatlari parametrlarini ko'paytirish yoki kamaytirish to'g'risida qarorlar qabul qilinsa, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi byudjetlar hajmlariga o'zgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni ko'paytirish yoki qisqartirish barcha darajadagi byudjetlar o'rtasida o'zaro hisob-kitoblar yo'li bilan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.