Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo'yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu moddada belgilangan o'ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlaridan ijro yig'imi undirilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo'yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish:
birinchi navbatda byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari jamg'armasi mablag'lari hisobidan (bundan «Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi» mustasno);
to'lanishi lozim bo'lgan qarz byudjet tashkilotining xarajatlar smetasi bo'yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo'lganda — byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn129-modda. Ijro hujjatlari bo'yicha byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish
(129-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.