O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo'shimcha manbalari O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti taqchilligini qoplashga, joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag'larining miqdorini to'ldirishga, qolgan qismi esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo'shimcha manbalari birinchi navbatda joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag'larining miqdorini to'ldirishga yo'naltiriladi.
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo'shimcha manbalari tegishli byudjet hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turishga yo'naltirilishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining qo'shimcha manbalari va yil boshiga qoldiq mablag'lari tegishli ravishda ular umumiy xarajatlarining 3 foizidan oshmagan miqdorda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq foydalaniladi hamda foydalanilgan mablag'lar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har chorakda hisobot taqdim etiladi. Mazkur xarajatlar 3 va undan ortiq foizga oshgan taqdirda Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga o'zgartirishlar kiritiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining, Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo'shimcha manbalardan foydalanish to'g'risidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilinadi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar byudjetlari qo'shimcha manbalarining kamida 30 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltiradi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda va shunga o'xshash kechiktirib bo'lmaydigan choralar ko'rilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablag'lar to'g'risida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qo'shimcha manbalarni yo'naltirish bo'yicha qarorlar qabul qiladi.
lex.uz’dagi asl matn126-modda. Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining qo'shimcha manbalaridan foydalanish
(126-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.