«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

21-modda. Bolaning dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan huquqi kafolatlari

(21-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Har bir bola o'zining yoshi, sog'lig'i hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan huquqqa ega. Ota-ona yoki ota-onaning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini ta'minlaydi. Bolalar sog'lomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va bo'sh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan ta'sis etiladi va qo'llab-quvvatlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.